Joriy yil oxirigacha Qozog‘iston O‘zbekistonga 800 mln kub metrga yaqin Rossiya gazini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyevga tayanib, “TASS” nashri xabar berdi.

“Hozir biz rejim qanday bo‘lishini ko‘rib chiqyapmiz, ammo kamida 800 mln kub metr gaz yetkazib berish imkoniyati ko‘rib chiqiladi”, — deya izoh berdi Satkaliyev yil oxirigacha Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzit etiilish hajmi haqida.

“O‘zGazTrade” va “Gazprom Eksport” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra, ko‘k yoqilg‘ining yillik hajmi 2,8 mlrdni tashkil etishi belgilangan.

“Bular O‘zbekiston arizalariga muvofiq oldindan kelishilgan hajmlardir”, — deya qo‘shimcha qildi Qozog‘iston vaziri.

Joriy yilning 7-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Qosim-Jomart Toqayev ishtirokida tabiiy gaz yetkazib berish jarayoniga start berildi.

Rossiya prezidenti Putin Rossiya ishonchli tabiiy gaz yetkazib beruvchi maqomini tasdiqlashini qayd etib, mamlakat bundan keyingi hamkorlikka ochiq ekanini bildirgandi.

Undna keyin, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazprom” bilan o‘rta va uzoq muddatli gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar muhokamasi boshlanganini ma’lum qildi.


Avvalroq O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidan o‘tuvchi energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytirilishi ma’lum qilingandi.