2023-yilning yanvar-avgust oylarida Qozog‘istondan chet elga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali xorijga jo‘natilgan mablag‘lar hajmi 624 mlrd tengeni tashkil etdi. Bu haqda “Finprom” nashri xabar berdi.
Ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 9%ga kam. Tranzaksiyalar soni 3,2%ga oshib, 1,7 mlntani tashkil etdi.
Bu bir o‘tkazma uchun o‘rtacha tushumni 11,8%ga kamaytirib, 369,5 ming tengega yetdi.
Yanvar-avgust oylarida orijga jo‘natilgan pul o‘tkazmalari umumiy hajmining 75,7%i faqat uchta davlatga to‘g‘ri keladi: O‘zbekiston (178,7 mlrd tenge), Rossiya (151,4 mlrd tenge) va Turkiya (142,6 mlrd tenge).
Bundan tashqari, agar O‘zbekiston va Turkiyaga o‘tkazmalar hajmi kamaygan bo‘lsa (mos ravishda 11,4 va 12,8%ga), Rossiyaga o‘tkazmalar esa, aksincha, 29,1%ga oshgan.
Pul jo‘natmalari
Davlat | Pul o‘tkazmalari hajmi (tenge) 2023-yil, yanvar-avgust | Pul o‘tkazmalari hajmi (tenge) 2022-yil, yanvar-avgust |
O‘zbekiston | 178,7 mlrd | 201,7 mlrd |
Rossiya | 151,4 mlrd | 117,3 mlrd |
Turkiya | 142,6 mlrd | 163,6 mlrd |
Gruziya | 60,3 mlrd | 50,6 mlrd |
Qirg‘iziston | 20,3 mlrd | 62,5 mlrd |
Xitoy | 20,2 mlrd | 23,7 mlrd |
Tojikiston | 14,4 mlrd | 14 mlrd |
Ozarbayjon | 8,9 mlrd | 10,8 mlrd |
Boshqa davlatlar | 27,3 mlrd | 41,6 mlrd |
Shuningdek, xorijdan xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli darajada 2 baravarga kamaydi.
Bunda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 210,5 mlrd tengegacha yetib, tranzaksiyalar soni 27,2%ga kamaydi.
Har bir transferdan o‘rtacha tushum o‘tgan yilning yanvar-avgust oylarida 410,9 ming tenge bo‘lsa, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida bu ko‘rsatkich 276,2 ming tengeni tashkil qilgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda 80,5 mlrd tenge. Shu bilan birga, yil davomidagi ko‘rsatkich 2,8 barobarga kamaydi.
Keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston (22,6 mlrd tenge), Janubiy Koreya (22,4 mlrd tenge) va AQSh (22 mlrd tenge) turadi.
2022-yilda ham Qozog‘istondan xorijga pul o‘tkazmalari bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilgani haqida xabar berilgandi.
O‘tgan yili mamlakatga 289,8 mlrd tenge ($646 mln) jo‘natilgan.
O‘zbekiston mamlakatlar orasida yetakchi bo‘lishiga qaramay, ko‘rsatkich 2021-yilning 12 oyiga nisbatan 2,9%ga kamaygan.
Avvalroq “Spot” 2023-yilda O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi $3 mlrdni tashkil etgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19%ga o‘sgan.
Mamlakatga amalga oshirilgan o‘tkazmalarning tahminan 82%i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.