Rossiya Markaziy banki 2023-yil 16-oktabrdan 1000 va 5000 rubllik yangilangan banknotlarni muomalaga chiqaradi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Yangilangan banknotlarning taqdimoti Rossiya banki raisi o‘rinbosari Sergey Belov va “Goznak” bosh direktori Arkadiy Trachuk ishtirokida 16-oktabr kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

Sergey Belov sentabr oyida “Goznak” allaqachon 1000 va 5000 rubl nominalidagi yangilangan banknotlarni to‘liq tezlikda chop etayotganini aytgandi.

Chunki taqdimotdan so‘ng ular darhol uskunalarni sinovdan o‘tkazish uchun banklarga beriladi.

Banknotalar rang palitrasini saqlab qoladi (hozirda 1000 rubl uchun yashil-ko‘k va 5000 uchun g‘isht rangi).

Yangilangan banknotlarda qaysi nishonlar tasvirlanishi hozircha aniq emas. Hozirgi kunda 1000 rubllik banknotda Yaroslavlning diqqatga sazovor joylari, 5000 rubllik kupyurada esa Xabarovskning diqqatga sazovor joylari ko‘rsatilgan.

Rossiya Markaziy bank 2021-yil mart oyida banknotlar dizaynini o‘zgartirishi va ularga yangi shaharlar qo‘shishini ma’lum qilgandi.

Masalan, 1000 rubllik banknotada Yaroslavl o‘rniga Nijniy Novgorod, 5000 rubllik banknotada Xabarovsk o‘rniga Yekaterinburg yozuvi paydo bo‘ladi.

Regulyator 2022-yil iyun oyida 100 rubllik banknotaning yangi dizaynini taqdim etgandi. Uning old tomonida Moskva, orqa tomonida esa Tver viloyatidagi Sovet askariga Rjev yodgorligi tasvirlangan.


O‘zbekiston Markaziy banki 2022-yilning 15-iyulidan boshlab yangi ko‘rinishdagi 200 000 so‘mlik banknot chiqarilishi haqida maʼlum qilgandi.