Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki TEAM universiteti bilan birgalikda Moving Up ayollar tadbirkorligi biznes akseleratorida ishtirok etish uchun qabul ochilganini ma’lum qildi.

Dastur biznesga egalik qiluvchi va ularni boshqarayotgan ayollarni rivojlanishida, shuningdek, ularning kasbiy va shaxsiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ishtirokchilar korxona va xodimlarni boshqarish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Kurslarda O‘zbekistondagi eng kuchli biznes amaliyotchilarining tajribasi o‘rganiladi. Tinglovchilar biznesni ilgari surish, mijozlarni jalb qilish, sotish va foydani oshirish uchun mavjud vositalar bilan tanishadilar, shuningdek, potensial hamkorlar bilan uchrasha oladilar.

Akselerator kursi ikki oy davom etadi va quyidagi sakkiz modulni o‘z ichiga oladi:

  • loyihaning hayot aylanishi, hozirgi biznes muammolarining diagnostikasi;
  • biznesda dizayn fikrlash;
  • biznesni strategik rivojlantirish, missiyani rivojlantirish, qarashlar, qisqa va uzoq muddatli maqsadlar, maqsadli auditoriyani qidirish;
  • moliyaviy boshqaruv, rentabellik va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblash;
  • biznesni raqamlashtirish;
  • mijozlar tajribasi;
  • HR va jamoani shakllantirish;
  • pitching va taqdimot qobiliyatlari.

Har bir modulda katta biznes tajribasiga ega ekspertlar: “GoodComm” PR agentligi rahbari Nigora Akilova, “SAP Uzbekistan” direktori va “Bookcafe” asoschisi Laziz Adkhamov, “SmartGov Consulting” bosh direktori Aziza Umarova va boshqalar ishtirok etadi.

Ishtirokchilar soni cheklangan va ularni qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi, asosiy mezon nomzodning kompaniyasida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lishidir (ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma talab qilinadi).

Akseleratorda ishtirok etish bepul bo‘lib, 20-oktabrgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil maʼlumot olish uchun +998910068228 raqamiga telefon qilishi yoki ebrdmovingup@gmail.com elektron manziliga yozish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Visa” kompaniyasi tadbirkor ayollar uchun “Emerging Europe” biznes va hamjamiyatlarni rivojlantirish platformasi bilan hamkorlikda “She's Next” raqamli hamjamiyat platformasini ishga tushirgani haqida yozgandi.