Prezident farmoni bilan 2022−2026 yillarda mamlakatning farmatsevtika tarmog‘ini faol rivojlantirishga qaratilgan farmonga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, 2024-yildan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan budjeti mablag‘lari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini uzaytirilgan muddatlarda xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Bunda, ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha bo‘lgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bu muddat 3 yilni tashkil etadi.
Prezident qarori bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi joriy yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilishi belgilangan.
Shu bilan birga, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtikasanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi.
Sentabr oyida davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagilar ro‘yxati kengaytirildi.