Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan xususiy AYOQShlarda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 225ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.

Natijada jami 179,4 mln litr neft mahsulotlarining 9,15 mln litri sifatsizligi aniqlanib, iste’molga chiqarilishining oldi olindi.

Hududlar bo‘yicha ko‘p aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning sentabr oyida benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi. Oldingi narxga nisbatan kompensatsiya hajmi 3 460 so‘mga oshirilib, 119 640 so‘mga yetdi.


Avvalroq “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘onada tadbirkorlar qariyb $6 mlnlik tabiiy gazni talon-toroj qilganini aniqlagandi.