O‘zbekistonliklar orasida dasturlash va marketing bo‘yicha onlayn kurslar kamroq ommalashmoqda. Bu haqda “Lerna” EdTech kompaniyasi hisobotida qayd etilgan. (“Spot"da mavjud).
Yilning birinchi yarmida 5 mingdan sal kamroq platforma foydalanuvchisi dasturlash tillarini o‘rganish bo‘yicha takliflar bilan qiziqdi. O‘tgan yilning ikkinchi yarmiga nisbatan ularning soni 16%dan ko‘proqqa kamaydi.
Operatsion menejment va xodimlarni boshqarish bo‘yicha ekspert Viktoriya Tokova o‘tgan yillarda IT-sanoati kadrlar yetishmovchiligiga duch kelganini ta’kidladi. Biroq, mamlakatda mutaxassislarning yangi avlodi yetishib chiqdi va boshqa mamlakatlardan IT-mutaxassislarining relokatsiyasi bozorni to‘ldirishga hissa qo‘shdi.
IT sohasidagi eng ommabop yo‘nalishlar, avvalgidek, Python va 1C dasturlarini ishlab chiqish hamda kiberxavfsizlik bo‘ldi. Biroq, oldingi davrga nisbatan ularning ommaviyligi mos ravishda 12%, 21% va 15% ga kamaydi.
Veb-dasturlash va Java’ga bo‘lgan talab taxminan uchdan biriga, JavaScript va Android’da kodlash 40%dan ko‘proqqa kamaydi. Shu bilan birga, DevOps kurslari 1,5 barobardan ortiq o‘sishni ko‘rsatdi.
Marketing sohasida so‘rovlar soni 18,8%ga kamayganini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Internet-marketing (-49%) va kopirayterlik (-33%) o‘z talabgirligini yo‘qotdi. SMM kurslari ommaviyligi 17,5%ga kamaydi, shunga o‘xshash dinamika target-reklama bo‘yicha qayd etildi (-16,9%).
Shu bilan birga, xizmat marketing menejerlari bo‘yicha yo‘nalish o‘sishini qayd etdi. IKaryerani rivojlantirish markazining psixolog-proforientologi Madina Abdumanapova buni iste’molchilar o‘rtasida onlayn-tijorat platformalariga bo‘lgan talab va ularning yuqori indeksatsiyasi bilan izohladi.
Talab bo‘yicha yetakchilikni ma’muriy yo‘nalishdagi kurslar egallaydi — 11,5% o‘sishni ko‘rsatdi. Eng ommabop soha buxgalteriya hisobi bo‘lib qolmoqda (+4,3%), undan keyingi o‘rinda esa treyding (+20,7%) turibdi. Investitsiyalar (+68%) va iqtisodchilar bo‘yicha (+130%) kurslarning o‘sishi kuzatilmoqda.
Shuningdek, foydalanuvchilarning ko‘pchiligi “1C: Buxgalteriya” hisobi (+44%), biznes-tahlil (+14,4%) va HR (+9,6%) kurslariga qiziqishmoqda. Shu bilan birga, savdo menejmenti ta’limiga bo‘lgan talab pasaydi (-27,5%).
Dizayn 5,4% o‘sish bilan ikkinchi eng talabgir ta’lim sohasi bo‘lib qolmoqda. Interyer dizaynerlik (-18,4%) bo‘yicha o‘qitish ommabopligining pasayishi bichish va tikish (+17,4%), shuningdek, grafik dizayn (+22,1%) bo‘yicha kurslar bilan yumshatildi.
Shu bilan birga, veb-dizayn (-10,5%) va AutoCAD (-1,6%) uchun talab biroz kamaydi, lekin 3D Max uchun ko‘rsatkich ikki baravar oshdi. Shu bilan birga, chizmachilik (+133%), vizajist (+26%) va kiyim-kechak dizayni (+20%) kurslariga qiziqish ortgan.
O‘yin ishlab chiqishga talab biroz o‘sgan (+1,1%) — asosan 3D modellashtirish sabab. Video tahrirlash kurslari tufayli multimediyaga qiziqish biroz barqarorroq (+3%) oshdi.
Abdumanapovaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha yoshlar game-dizaynga qiziqishadi. O‘yinlarga bo‘lgan muhabbat va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish istagi kasbni o‘zgartirishga sabab bo‘ladi.
Mutaxassislar nomzodlarga raqamli texnologiyalarni, xususan, tahliliy vositalarni o‘zlashtirishni va materialni tizimlashtirishni o‘rganishni tavsiya qildi. Ularning fikricha, yaqin kelajakda sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalari talabgir bo‘ladi.
Avvalroq “HeadHunter” hh.uz platformasida ish qidirish uchun optimal vaqt bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qilgandi.