Rossiya hukumati fuqarolari Rossiya banklarida hisob raqamlarini ochishi mumkin bo‘lgan 25 davlat ro‘yxatini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” nashri.

Tegishli buyruq mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan.

Tasdiqlangan ro‘yxatga MDH mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston, Xitoy, Quvayt, Malayziya, Mo‘g‘uliston, BAA, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiritilgan.

Ushbu davlatlarning banklari vatandoshlar va kompaniyalarni Rossiyada moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va Rossiya Federatsiyasining moliyaviy tashkilotlarida hisob raqamlarini ochish uchun tekshirishlari mumkin.

O‘z mamlakatida identifikatsiya qilish jarayonidan o‘tgan sayyoh masofadan turib Rossiya bankida hisob ochishi, Rossiyada esa xorijiy turist kartasini olishi mumkin bo‘ladi.

Qonun shuningdek, xorijiy mijozlar uchun to‘lov limiti oshib ketganda kuchaytirilgan nazoratni belgilaydi: jismoniy shaxslar uchun — 50 000 rubldan, yuridik shaxslar uchun — 500 000 rubldan.


Joriy yil 24-mart kuni Davlat Dumasiga Rossiya banklarida xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar uchun hisobvaraqlar ochish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi kiritilgandi.

Hujjat xorijiy bank mijoziga masofadan turib, ya’ni majburiy identifikatsiya qilinmasdan, agar u ushbu vakolatlarni uning identifikatsiyasini amalga oshirgan xorijiy yuridik shaxsga topshirgan bo‘lsa, Rossiya kredit tashkilotining mijozi bo‘lishga imkon beradi.

Rossiya bankining “Kommersant"ga ma’lum qilishicha, regulyator qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan va uni qo‘llab-quvvatlaydi.

Rossiya banklari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Aleksey Voylukovning takidlashicha, tashkilot Markaziy bankka xorijiy banklar mijozlari uchun hisobvaraq ochish tartibini yengillashtirishga ruxsat berish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Elektron pul bozori ishtirokchilari va pul o‘tkazmalari uyushmasi raisi Viktor Dstovning qo‘shimcha qilishicha, bu tartiblar yaxshi rivojlangan dunyoda shaxsiy ishtirokisiz va uchinchi shaxslarga ishonib hisobvaraqlar ochish odatiy holdir.

“Ma'lum xavflar identifikatsiyalashning transchegaraviy xususiyatiga ega, bu yerda, mening fikrimcha, nazoratning qo‘shimcha elementlaridan foydalanish kerak, masalan, mijozning fotosuratlari va uning hujjatlari, video identifikatsiya qilish va boshqalar”, — dedi Dostov.

Qonun loyihasi nafaqat xorijiy davlatlar fuqarolari, balki xorijda yashayotgan rossiyaliklar, shuningdek, xorijiy kompaniyalarga ham tegishli hisoblanadi.