Avvalroq Italiyaning “Assomac” poyabzal, charm buyumlar va charm ishlab chiqarish texnologiyalari milliy assotsiatsiya O‘zbekiston charm-sanoatida texnologik markaz barpo etish uchun $1,5 mln ajratishi ma’lum bo‘lgandi.

Assotsiatsiya mamlakatda ta’lim loyihasining birinchi bosqichini boshladi, deya xabar bermoqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi matbout xizmati.

Bu bo‘yicha “UzCharmExpo-Eurasia-2023” 15-xalqaro ko‘rgazmasi doirasida uyushma raisi Faxriddin Boboyev Italiya assotsiatsiyasining loyiha rahbari Aliche Vago bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishni modellashtirish bo‘yicha Italiya-O‘zbekiston loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Loyiha mamlakatda ishlab chiqarish zanjirining to‘liqligini va zavodlarda tayyorlangan mahsulotlarning jahon bozori talabi va standartlariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Tomonlar ushbu loyihani Turin politexnika universiteti bazasida amalga oshirishni rejalashtirgan. Italiya tomoni buning uchun 1,5 mln yevro investitsiya ajratadi.

Loyiha doirasida universitetda poyabzal ishlab chiqarish sohasidagi texnologlarning malakasi oshiriladi.

Shuningdek, kelgusida mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini baholovchi laboratoriya tashkil etish ham rejalashtirilgan.


Avvalroq Rossiya O‘zbekiston charm-poyabzal korxonalari uchun savdo nuqtalarini ajratishi ma’lum qilingandi.