Saudiya Arabistonining “Flynas” aviakompaniyasi Jiddadan Namanganga birinchi reysni amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki parvoz joriy yilning 16-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:50da amalga oshirilib, 166ta yo‘lovchidan iborat bort Jidda-Namangan-Jidda yo‘nalishi bo‘yicha Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Muntazam reyslar AirbusA320 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Parvoz jadvali (mahalliy vaqt bilan):

  • Jiddadan jo‘nab ketish — 11:00, Namanganga kelish — 18:10;
  • Namangandan jo‘nash 19:30, Jiddaga yetib kelish 23:20.

Nashr qilingan vaqtda bagaj bilan bir tomonlama chiptalar $216dan, qaytish chiptalari esa $1127dan boshlanadi.

Flynas” — Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan aviakompaniya bo‘lib, 2007-yilda tashkil etilgan. Besh yil ketma-ket “World Travel Awards” va uch yil ketma-ket “Skytrax” tomonidan Yaqin Sharqdagi yetakchi arzon aviakompaniya sifatida tan olingan.


Avvalroq “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Jiddaga va ortga qaytuvchi muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlagandi.