O‘zbekistonda so‘nggi bir hafta ichida pomidor bir yarim barobar qimmatlashdi. Bu haqda “EastFruit” ma’lumotlarida qayd etilgan.

Sentabr oyi boshida tahlillar mamlakatda pomidor narxining mavsumiy o‘sishi boshlanib, avgust oyining ikkinchi yarmida bu mahsulotlar narxi keskin oshganini ko‘rsatgandi.

Ekspertlarning qayd etishicha, bunday o‘sishdan keyin pomidor narxi barqarorlashdi va bir oydan biroz ko‘proq vaqt davomida bir xil darajada qoldi. Bu pauzadan so‘ng, kutilgandek, o‘sish tendensiyasi qayta tiklandi.

Xususan, 2023-yilning 6-oktabridan 13-oktabrigacha O‘zbekistonda yumaloq qizil pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi kg uchun 4000dan 6000 so‘mgacha oshdi.

Shu bilan birga, ushbu mahsulotlarning joriy ulgurji narxlari o‘tgan yilgi darajadan pastligicha qolmoqda. Joriy yilning 13-oktabr holatiga ko‘ra, qizil yumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 40%ga va 2021-yilning mos davriga nisbatan chorak baravar past.

O‘tgan yil davomida pushti pomidorning ulgurji narxlari ham bir yarim barobar oshdi. Biroq, pushti pomidorning narxi ketma-ket ikkinchi hafta, ya’ni joriy yilning 29-sentabridan 13-oktabrigacha oshib borayotgani inobatga olinsa, bu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi kg uchun 7000 so‘mdan 12000 so‘mga oshdi. Oxirgi ikki hafta ichida oshish 71%ni tashkil etgan.

Qizil yumaloq pomidordan farqli o‘laroq, pushti pomidorning joriy ulgurji narxlari o‘tgan yilgi darajada.

“O‘zbekistonda pomidor narxining o‘zini tutishi o‘tgan yillardagi dinamikani takrorlaydi deb hisoblasak, hech bo‘lmaganda kalendar yili oxirigacha o‘sish tendensiyasi davom etishini kutish mumkin”, deya xulosa qiladi EastFruit tahlilchilari.

Sentabr oyi oxirrog‘ida platforma mutaxassislari O‘zbekistonda uzum narxi rekord o‘rnatishda davom etayotganini tahlil qilishgandi.