Toshkentda Agro innovatsiya markazi tashkil etiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bo‘yicha vazir o‘rinbosari Shahlo Turdikulova va Rossiyaning Qalmiq davlat universiteti rektori Badma Salayev o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Bitim poytaxtda Agro innovatsiya markazi faoliyatini tashkil etishni o‘z ichiga oladi hamda markazda agrar sohada qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Xususan, chorva mollarini yetishtirish va yangi naslchilik ishlari tashkil etilib, tajriba almashish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.
Joriy yilning iyul oyida agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish belgilangan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpin bilan o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning ikkita universitetlari filiallarini ochish taklifini bildirgandi.