“Akfa Group” kompaniyasi “Feed Up Eco” fast-food tarmog‘ining 50% ulushini sotib oldi. Bu haqda tarmoqning “Instagram"dagi sahifasida ma’lum qilingan.

Endilikda “Feed Up” brendi “Akfa Group” kompaniyasining “Food and Beverage” sektori bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatadi.

“Feed Up"ning “Akfa Group” kompaniyasi tarkibiga qo‘shilishi, brendning keyingi rivojlanish bosqichiga o‘tish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

“Feed Up” haqida:

Mazkur tez tayyorlanuvchi taom sotish tarmog‘iga 2010-yilda Umid Irgashev tomonidan asos solingan. Hozirgi kunda tarmoqning 31 ta filiali faoliyat yuritadi.


Avvalroq “Spot” Qozog‘istonning “Magnum” chakana savdo tarmog‘i O‘zbekistondagi “Carrefour” gipermarketlariga egalik qilishi haqida yozgandi.

Qozog‘iston riteyleri “Carrefour"ning 100% aksiyalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Fransuz brendiga tegishli gipermarketlar qisqa tanaffusdan so‘ng, Qozog‘iston brendi ostida qayta ochiladi: