“ICTWeek Uzbekistan” haftaligining birinchi kunida “Startup Summit” loyihasi o‘tkaziladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir tashrif buyuruvchilarni O‘zbekiston startap ekotizimi, mintaqadagi eng yaxshi startaplar, investorlar va innovatsion kompaniyalar bilan tanishtirishga qaratilgan.
Uning doirasida xorijlik ekspertlar chiqish qilishlari rejalashtirilgan. Tadbir 24-oktabr kuni soat 14:30da boshlanadi.
Loyihada “IT Park"ning startap ekotizimini rivojlantirish bo‘limi rahbari Jahongir Kagirov “Startup Base” platformasining ishga tushirilishi haqida so‘z yuritadi.
“O‘zbekiston startap-ekotizimini ochish: venchur kapitalini jalb qilish va global qamrovni kengaytirish” mavzusidagi panel muhokamasida quyidagi ekspertlar ishtirok etadi:
- Jorj Xeld — “Veon AdTech” kompaniyasi bosh direktori;
- Feliks Lammers — “Plug and Play Uzbekistan” bosh direktori;
- Jahongir Rajabov — “IT Park” bosh direktorining innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari;
- Aleksandr Lixtman — “ITCOMMS” asoschisi;
- Pedro Viyeira — “500 Global” kompaniyasi hamkori.
Shuningdek, “Sturgeon Capital” kompaniyasi hamkori va rahbari Robin Butlerning “O‘zbekistonda venchur ekotizimining 10 yillik imkoniyatlari” haqidagi ma’ruzasi tashkil etiladi. Tadbir dasturi bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Tadbirning yakuniy bosqichida xalqaro venchur fondlari va mahalliy startaplar o‘rtasidagi F2 °F uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Undan ishtirok etishni xohlovchi startap jamoalar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Investorlar uchun ro‘yxatdan o‘tishga havola.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq O‘zbekiston startaplar uchun muhitni qanday yaxshilashi mumkinligi haqida OTB tahlili e’lon qilingandi.