AQSh prezidenti ma’muriyati Yevropa Ittifoqi va unga a’zo bir qancha davlatlarni Markaziy Osiyoning ayrim davlatlaridan kelgan sayohatchilarga nisbatan keskin choralar ko‘rishi haqida ogohlantirgan, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri.
Qayd etilishicha, bu ehtimoliy terrorchilarning AQShga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.
So‘rovlar avvalroq bir guruh muhojirlar “Islomiy davlat"ga aloqador kontrabandachi yordamida AQShga janubi-g‘arbiy chegaradan kirib kelgan voqeadan keyin berilgan.
Bu Yevropa aeroportlari orqali tranzit o‘tayotgan yo‘lovchilarning Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy yo‘llar bilan kirishga urinishlari bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirdi.
AQSh rasmiylari Yevropa Ittifoqidan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun aeroport tranzit vizalarini talab qilishni so‘ragan.
Tranzit vizasi — bu mamlakat hududi orqali tranzit sayohat qilish (o‘tish) uchun zarur bo‘lgan muddatga, chiptalarga muvofiq va ko‘pi bilan uch kundan (72 soat) o‘tkazish punktida to‘xtash huquqi bilan beriladigan viza.
“CNN” avgust oyida FQB janubiy chegarada boshpana so‘ragan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan o‘ndan ortiq muhojirni tergov qilgani haqida xabar bergandi.
Rasmiylar IShIDga aloqador kontrabandachi bilan aloqani faqat muhojirlar AQShda bo‘lganidan keyin anglab yetgan.
Avvalroq AQSh elchixonasi “Green Card"da ishtirok etmoqchi bo‘layotganlarga 10ta muhim maslahat bergandi.
DV-2025 dasturi uchun arizalar 4-oktabrdan boshlanib, 7-noyabrgacha davom etadi. Arizalarni rasmiy sayti orqali bepul jo‘natish mumkin.