“Spot” O‘zbekiston banklaridagi boshlang‘ich to‘lovsiz avtokreditlar haqida ma’lumotlarni to‘pladi.
Hozirda mavjud 35 ta bankdan 4 tasida bunday turdagi avtokreditni rasmiylashtirish mumkin.
Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga, 24%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.
Mazkur kredit turi faqat jismoniy shaxslarga birlamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun beriladi.
Kerakli hujjatlar:
- pasport (kafilniki ham);
- kadastr hujjati;
- rasmiy daromad haqida ma’lumot;
- avtosalondan shartnoma.
“Asia Alliance Bank”
Foiz stavkasi: 24%-28%
Muddati: 1 yildan 4 yilgacha
Imtiyozli davr: yo‘q
Garov: sotib olinayotgan avtomobil
“Ipak Yo‘li Banki“
Foiz stavkasi: 27,99%
Muddati: 5 yilgacha
Imtiyozli davr: yo‘q
Garov: sotib olinayotgan avtomobil
“Saderatbank”*
Foiz stavkasi: 26%-28%
Muddati: 4 yilgacha
Imtiyozli davr: yo‘q
Garov: avtomobil sug‘urta polisi
“Turonbank"**
Foiz stavkasi: 24,9%-25,9%
Muddati: 4 yilgacha
Imtiyozli davr: yo‘q
*Avtokredit uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs rasmiy daromadi kamida 10 mln so‘m bo‘lishi kerak.
**Shartnoma qiymatining 50% miqdori avtosalonga to‘langan holatda