“IT Park” “Entrepreneurship World Cup 2024” (Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati) milliy bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini eʼlon qildi.

“Entrepreneurship World Cup” — tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi eng yirik tanlov dasturlaridan biri.

Milliy bosqich g‘oliblari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan xalqaro bosqichda o‘z loyihalarini taqdim etadi.

Unda $1 mlnlik umumiy mukofot jamg‘armasi uchun bellashish, shuningdek, o‘z kompaniyalarini rivojlantirishga yordam beradigan bepul o‘quv resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Unda ishtirok etish uchun 2024-yil 1-aprelgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

O‘zbekiston tanlovda 2020 yildan buyon ishtirok etib keladi. 2021-yilda “Hopme” ulgurji xarid platformasi tanlovning respublika bosqichida g‘olib chiqdi. 2022-yilgi milliy tanlov g‘olibi Beautify.uz bo‘ldi, “Alif O‘zbekiston” 100 ta finalchi qatoridan joy oldi.


Avvalroq “Spot” “SABAH.lab” akseleratsiya dasturining beshinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda MVP bosqichidagi startaplar ishtirok etishi mumkin. Eng yaxshi startaplarga SABAH.HUB tomonidan $100 ming miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltiriladi.