“Google Meet” ba’zi foydalanuvchilar uchun yangi funksiyani taqdim etdi. Bu haqda “Google Workspace” blogida aytilgan, deb yozadi “The Verge”.
“Portrait touch up” funksiyasi ikki rejimda mavjud bo‘lib, bu videoqo‘ng‘iroq paytida yuzning rangini turli darajada tekislash imkonini beradi, ko‘z ostidagi joylarni yoritadi va ko‘zning qizarganini yashiradi.
Kompaniya, masalan, agar foydalanuvchi sport zalidan keyin darhol uchrashuvga qo‘shilgan bo‘lsa yoki shamollashdan tuzalib ketsa, bu foydali bo‘ladi, deb hisoblaydi — bu xususiyat tashqi ko‘rinishni “biroz yaxshilashga” yordam beradi.
Bu xususiyat ba’zi foydalanuvchilar uchun “Google Meet” mobil versiyalarida, masalan, Business Standard, Business Plus, Enterprise Starter, Education Plus tariflari, “Google One” obunachilari uchun asta-sekin paydo bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bu funksiya shaxsiy hisoblari bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lmaydi.
Kompaniya uni 2023-yil oxirigacha xizmatning veb-versiyasiga qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq “Spot” “Google” “Bard” chat-botiga xotira funksiyani qo‘shishni rejalashtirayotagni haqida yozgandi.
Yangilik botga foydalanuvchi bilan o‘tgan suhbatlardagi ma’lumotlar asosida muloqot o‘tkazish imkonini beradi.