Joriy yilning 4-oktabridan DV-2025 dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Undan avvalroq esa AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Green Card” lotereyasida ishtirok etmoqchi bo‘layotganlarga maslahatlar berdi.

Mazkur 10ta tavsiya quyida keltirilgan:

  • arizadan olвin dastur talablari bilan tanishib chiqish;
  • rasmiy manba — “.gov”;
  • rasmiy sayt ishtirok etishning yagona yo‘li;
  • anketa to‘ldirish bepul;
  • oxirgi 6 oydagi fotosuratdan foydalanish;
  • bir marta ariza topshirish;
  • ma’lumotlarni to‘liq kiritish;
  • tasdiqlovchi telefon raqamini saqlab qo‘yish;
  • natijalarni dastur saytidan bilib olish;
  • dasturga tanlab olinish, viza olish kafolatini bermasligini tushunish.

Qo‘llanma bilan video formatda ham tanishish mumkin:


Ariza qanday jo‘natiladi?

Lotereya o‘yinida dvprogram.state.gov sayti orqali ishtirok etish mumkin.

aqsh, green card, qo'llanma

Saytga kirgach, “Begin Entry” tugmasi orqali asosiy sahifaga o‘tiladi.

aqsh, green card, qo'llanma

Ekranda avtorizatsiya uchun keltirilgan kodni xatolarsiz kiritish lozim.

aqsh, green card, qo'llanma

Keyin, ism-familiya, jins va tug‘ilgan sana kiritiladi. Bunda, “Middle name” satrini bo‘sh qoldirib, “no middle name” tugamisini bosish kerak.

aqsh, green card, qo'llanma

So‘ngra, tug‘ilgan joy tanlanadi. Undan keyingi qadamda ariza topshirish hududi tanlanadi. Agar ariza topshirish hududi tug‘ilgan joy bilan bir xil bo‘lsa “yes” tugmasi bosiladi, agar aksi bo‘lsa “No” tugmasi.

aqsh, green card, qo'llanma

Keyingi bosqichda “Choose New photo” tugmasini bosib, so‘nggi 6 oyda olingan fotosurat yuklanadi. Keltirilgan havola orqali fotosuratlar namunasi bilan tanishib chiqish mumkin.

aqsh, green card, qo'llanma

Eski suratdan, oldingi arizada foydalanilgan va ishlov berilgan suratlardan foydalanish mumkin emas. Tabiiy, soyalarsiz, ko‘zoynaksiz, kameraga to‘g‘ri qaragan holda, ortiqcha buyumlarsiz, yuzni to‘smagan holda, oq yoki qaymoq rangdagi fonda suratga tushish lozim.

aqsh, green card, qo'llanma

Fotosurat joylangach, yashash manzili bo‘yicha ma’lumotlar ya’ni, ko‘cha nomi, uy raqami, shahar, tuman, pochta indeksi va mamlakat kiritiladi.

aqsh, green card, qo'llanma

Undan keyin esa hozirda yashayotgan mamlakat belgilanadi. Keyingi bo‘limda tasdiqlash uchun telefon raqami yoziladi.

So‘ng, doimiy elektron pochtani joylanadi, keyingi ustunda u takroran kiritiladi.

aqsh, green card, qo'llanma

Navbatdagi ustunda ta’lim darajasi ko‘rsatilishi kerak.

Agarda turmush qurgan bo‘lsa oila a’zolari va 21 yoshga to‘lmagan, turmush qurmagan farzandlari soni va ma’lumotlarini to‘liq kiritish lozim.

aqsh, green card, qo'llanma

Ma’lumotlarni kiritgach, “Continue” tugmasini bosib, keyingi sahifaga o‘tiladi.

Keyingi sahifada ma’lumotlar to‘g‘riligiga ishonch hosil qilib, “Submit” tugmasi orqali tasdiqlanadi va qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz variantida saqlab qo‘yish kerak.

aqsh, green card, qo'llanma

Tanlov natijalarini rasmiy saytdan “Entrant Status Check” bo‘limidagi “Check Status” orqali aniqlash mumkin.

Dasturda qatnashish uchun arizalarni joriy yilning 7-noyabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin.


Avvalroq “Spot” xalqaro imtihon xarajatlariga kompensatsiyani qanday olish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi.