Joriiy yilning 3-noyabridan Xorazm viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda “O‘zsuvta'minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha, xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 18-oktabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflarni belgilash to‘g‘risida"gi qaroriga asosan yangi narxlar tasdiqlandi.

Xizmat turi
Ichimlik suvi (1m3)
Oqova suv (1m3)
Amaldagi tarif
Yangi tarif
Amaldagi tarif
Yangi tarif
Aholi uchun
1500 so‘m
2800 so‘m
800 so‘m
1550 so‘m
Budjet tashkilotlari uchun
3050 so‘m
5700 so‘m
1300 so‘m
2400 so‘m
Ulgurji iste’molchilar uchun
3050 so‘m
5700 so‘m
1300 so‘m
2400 so‘m

Bunda, aholi uchun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bo‘yicha tariflar QQSsiz undiriladi.

Qayd etilishicha, yangi tariflar ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgani, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etilishidan kelib chiqib belgilanmoqda.

O‘tgan besh yilda viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 52,1%dan 85,5%ga yetkazilgan. Joriy yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 90%ga yetkazish kutilmoqda.

Avvalroq Toshkentda ichimlik va oqova suv narxi oshirilishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Aholi uchun 1 metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m, oqava suv narxi esa 2200 so‘m etib belgilanishi mumkin.

Joriy yilning 20-avgustidan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshirilgandi.