Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan 2023-yilning oktabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini tahlil qildi.

Monitoring natijalari 8 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi (tahlil 7-sentabr va 12-oktabr kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi).

Qayd etilishicha, oq karamning narxi 61,5%, olmaning narxi 15,4%, sariq piyozning narxi 10,3%, makaronning narxi 4,7%, mol go‘shtining (file) narxi 4,6%, o‘simlik moyining narxi 3,1%, limonning narxi 1,6%, bodringning narxi 1,3% pasaygan.

mhti, tahlil, oziq ovqat

Monitoring davrida guruch, shakar va margarinning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan.

Narxining oshishi bo‘yicha pomidor yetakchi bo‘ldi. Uning eng past narxi 5950 so‘mdan 9990 so‘mga ko‘tarildi.

Banan va sut narxi ham sezilarli darajada, mos ravishda 3000 so‘mga va 2110 so‘mga oshgan.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda so‘nggi bir hafta ichida pomidor narxi 1,5 barobarga qimmatlagani haqida yozgandi.

Yumaloq qizil pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 4000dan 6000 so‘mgacha oshdi. Pushti pomidor narxi esa 7000 so‘mdan 12000 so‘mga qimmatladi.