Uklon rahbarlari — O‘zbekistonga kirish, ishga tushirishdagi qiyinchiliklar va bir necha million dollarlik sarmoya haqida

“Uklon” hammuassisi Sergey Smus va servisning O‘zbekistondagi bosh direktori Dinara Abdijaparova O‘zbekiston bozoriga chiqish qaroriga qanday kelingani, kutilmalar qanday natija berayotgani hamda haydovchilar bilan ishlash jarayoni haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda SMM mutaxassisi qancha pul topadi?

Ulug‘bek Pulatov SMMga qanday kirib kelgani, faoliyati, oyiga o‘rtacha $15 mingni qanday topishi va ularni nimalarga sarflashi haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit olish: banklar, kerakli hujjatlar va shartlar haqida

Hozirda mavjud 35 ta bankdan 4 tasida boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin. To‘lovni qaytarish muddati 5 yilgacha. Yillik stavka 24% dan 28% gacha.

hafta yakuni, yangiliklar


Green Card anketasini qanday to‘ldirish mumkin? Qo‘llanma

Arizalar dasturning rasmiy sayti orqali qabul qilinib, barcha ma’lumotlar belgilangan tartibda joylanishi kerak.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: AQShning Fulbright granti sohibi Abduaziz Isakulov hikoyasi

Abduaziz AQShning Fulbright Student Program grant dasturida g‘olib bo‘lgani, Amerikada ta’lim olish va yashash haqidagi taassurotlari bilan “Spot"da o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Yevropa Ittifoqi Telegram ustidan nazoratni kuchaytiradi.
    Unga ko‘ra, 2024-yil 17-fevralgacha Telegram Yevropa Ittifoqidagi qonuniy vakilini tayinlashi, foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan kontentni qat’iy nazorat qilish kerak.
  2. Uzbekistan Airways keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun 25% chegirma e’lon qildi.
    Chegirmadan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar 1-noyabrdan 30-noyabrgacha foydalanishlari mumkin.
  3. Rossiyada bank hisobraqamlarini ochishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
    Tasdiqlangan ro‘yxatga MDH mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston, Xitoy, Quvayt, Malayziya, Mo‘g‘uliston, BAA, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiritilgan.
  4. Niderlandiya universiteti grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
    Qabul qilingan talabalarga yo‘nalishlariga qarab bir yil uchun 3 ming yevrodan 22 ming yevrogacha ajratiladi.
  5. UzAuto Motors Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirdi.
    Biroq kompaniya mazkur avtomobillarning narxi oshirilgani haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
  6. AQSh YeIdan o‘zbekistonliklar uchun viza nazoratini kuchaytirishni talab qildi — Bloomberg.
    Bunga Markaziy Osiyo davlatlaridan bir guruh migrantlarning IShID bilan aloqadorlikda gumonlanayotgani sabab bo‘lgan.
  7. Akfa Group kompaniyasi Feed Up’ning 50% ulushini sotib oldi.
    Endilikda Feed Up brendi Akfa Group kompaniyasining Food and Beverage sektori bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatadi.
  8. Moskva sudi Google’ning Rossiyadagi sho‘ba korxonasini bankrot deb topdi.
    Qayd etilishicha, endi kompaniyaning mavjud mulklari qarzlarni to‘lash uchun sotiladi.
  9. Eron O‘zbekistonga viza rejimini bekor qilishni taklif qildi.
    Mamlakatlar Turkmaniston orqali quruqlikdagi sayohatni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
  10. Internetga 200mingdan ortiq o‘zbekistonlik foydalanuvchilarning ma’lumotlari sizdirildi.
    Ularning aksariyati dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari xavfsizligiga kibertahdidlarini keltirib chiqarmoqda.