Hukumatning soliq organlari tomonidan ayrim soliq hisobotlarini shakllantirish tartibi joriy etilishi sabab, qonunchilikdagi hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritshga qaratilgan qarorni qabul qildi.
Xususan, Soliq kodeksining 81-moddasida soliq to‘lovchining soliq hisobotini uning tanloviga asosan soliq organlari tomonidan tuzlishi mumkinligi belgilangan.
2021-yilning sentabrida Xorazm viloyatida soliq xizmati organlari tomonidan hisob-kitob va hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha eksperiment joriy etildi. Soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra QQS, aylanma solig‘i, yuridik shaxslar uchun yer va aksiz solig‘i bo‘yicha hisobotlarni olish imkoniyati yaratildi.
2024-yildan O‘zbekiston bo‘ylab hisobotlarni shakllantirishni yo‘lga qo‘yish topshirildi. U QQS, aylanma solig‘i, shuningdek, yuridik shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini o‘z ichiga oladi.
Kelasi yildan mazkur soliq bo‘yicha hujjatlar avtomatik ravishda shakllantiriladi. Hisobotlarni tayyorlash uchun ichki manbalar (soliq to‘lovchining soliq va moliyaviy hisobotlari, QQS ma’lumotlari va onlayn nazorat-kassa mashinalari, onlayn cheklar va boshqalar) bilan bir qatorda tashqi manbalardan (boshqa davlat organlari tizimlari) foydalaniladi.
Yaratilgan hisobotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi. Agar e’tirozlar mavjud bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda soliq organlariga qayta ko‘rib chiqilgan tahrirni taqdim etishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, tekshiruvlardagi texnik xatolarni tuzatish muddatlari uzaytiriladi. Agar hozir buni keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lsa, unda 20-oktabrdan boshlab hisobot davri oxirigacha vaqt ajratiladi.
Prezident tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda sodda soliq ma’murchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surgandi.
Unda 2024-yildan bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi hamda barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yilib, ularning qog‘oz shakli bekor qilinishi ta’kidlangan. Hozirda 15% hisobotlar qog‘ozda topshiriladi.