Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 3,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Shundan 1,4 mln nafari Qirg‘izistonga, 821 ming nafari Tojikistonga, 565,2 ming nafari esa Qozog‘istonga borgan.

Davlat
Sayohat qilganlar soni

Qirg‘iziston
1,4 mln
Tojikiston
821 ming
Qozog‘iston
565,2 ming
Rossiya
167 ming
Turkiya
147,3 ming
BAA
90,7 ming
Saudiya Arabistoni
48,4 ming
Quvayt
30,6 ming
Misr
20,2 ming
Ozarbayjon
14,5 ming
Janubiy Koreya
12,9 ming
AQSh
10,3 ming
Hindiston
7,4 ming

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan xorijliklar soni 3,7 mlnni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumotlarida keltirilgan.

Xususan, yetti oyda kelgan chet ellik fuqarolarning eng ko‘pi Tojikistonga to‘g‘ri keladi. Bu davrda mamlakatdan jami 1 mln 151 mingdan ortiq sayyoh kelgan.

Bir oyda bu mamlakatdan kelgan sayyohlar soni 192 900dan ortiqni tashkil etib, 1,2 barobarga oshgan.

O‘tgan davrda Tojikistondan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (912,8 ming) va Qozog‘iston (879 ming) turibdi. Sayyohlar ko‘p tashrif buyurgan davlatlar beshligini Rossiya (417,4 ming) va Turkiya (58 ming) yakunlab berdi.

Shuningdek, yetti oyda Turkmanistondan 39,6 mingta, Janubiy Koreyadan 20,2 mingta, Hindistondan 20 mingta, Xitoydan 17,7 mingta hamda Germaniyadan 14,1 mingta sayyoh kelgan.

Bu davrda Ozarbayjondan tashrif buyurgan turistlar soni 7 989taga yetgan bo‘lib, shundan, 3 787tasi qarindoshlarini yo‘qlab, 3 762tasi dam olish hamda 435tasi xizmat yuzasidan tashrif buyurgan.