To‘qqiz oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoydan yengil avtomobillar importini qariyb olti baravar oshirdi, deya xabar beradi Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi.
Yanvar-sentabr oylarida Xitoydan O‘zbekistonga yengil avtomobillar yetkazib berish 65,3 ming donani tashkil etdi, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,8 barobar ko‘pdir.
Import qilingan avtomobillar narxi $1,2 mlrdga baholanmoqda — o‘sish 5,9 barobar oshgan.
Xitoydan O‘zbekiston bozoriga elektromobillar eksporti 4,1 baravar oshib, 20,6 mingtagachani tashkil etdi.
Mamlakat avtomobillarining o‘rtacha narxida ham o‘sish kuzatilgan. Masalan, ichki yonuv dvigateliga ega avtomobil o‘rtacha $18,6 ming (yilga nisbatan +2,4%), elektromobil esa $22,2 ming (+12,6%) turadi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonga $1,22 mlrdlik avtomobil va yo‘lovchi transporti import qilingan, bu o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.
Joriy yilning yetti oyida O‘zbekiston $217 mlnlik 7391 dona elektromobil import qildi. Elektr transportining asosiy yetkazib beruvchisi sifatida Xitoy ulushiga 6898ta elektromobil yoki ularning umumiy sonining 93,3%i to‘g‘ri keladi.