“Gulchilik va ko‘chatchilik sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1-noyabridan 2026-yilgacha ayrim o‘simliklar importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

Bularga tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik o‘simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) kiradi.

Avvalroq ayrim toifadagi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari kamaytirilishi belgilangandi.

Xususan, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun 0%, 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan avtomobillar uchun esa 5% miqdorida bojxona boji belgilanmoqda.