Yevropa investitsiya banki Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
22-oktabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YeIB vitse-prezidenti Tereza Chervinskaya bilan makroiqtisodiyot va yashil energiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Xususan, Saidov Toshkentda YeIB vakolatxonasi ochilishini olqishladi.
TIV rahbari Luksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ham ishtirok etdi. Uning yakuni bo‘yicha ishtirokchilar qo‘shma kommyunike qabul qilindi.
Unda Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 11ta sanksiya paketini eslatib, “Yevropa Ittifoqining sanksiya rejimlari kontekstida natijalarga yo‘naltirilgan muloqot va hamkorlikning muhimligini” ta’kidladi.
“Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni aylanib o‘tishning oldini olish muhimligini ta’kidladi va [uchrashuv] ishtirokchilari ushbu yo‘nalishda faollikni davom ettirishga kelishib oldilar”, — deyiladi hujjatda.
Oktyabr oyi boshida Yevroparlament O‘zbekistonni sanksiyalarni chetlab o‘tish va Rossiyaga yordam berishi mumkinligini tekshirishga chaqirgandi. Shu bilan birga, Yevroparlament deputatlari mamlakatning Rossiya Federatsiyasiga qaramlikni kamaytirish uchun savdoni diversifikatsiya qilish istagini qayd etdi.