O‘zbekistonda ko‘pchilik xodimlar maoshini oshirishni so‘rashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Spot"ga “HeadHunter” matbuot xizmati xabar berdi.
“HeadHunter” 25-sentabrdan 15-oktabrgacha onlayn so‘rov o‘tkazdi, unda 975 foydalanuvchi ishtirok etdi.
Natijalarga ko‘ra, respondentlarning 43%i ularning kompaniyalari ish haqini muntazam ravishda indeksatsiya qilishini aytdi — ko‘pincha yiliga bir marta. Ammo, agar indeksatsiya bo‘lmasa, xodimlar mustaqil ravishda ish haqini oshirishni so‘rashadi.
Bundan tashqari, o‘zbekistonliklarning 51%i ish beruvchidan maoshlarini oshirishni so‘rash niyatida.
Xodimlar ish haqini oshirishni so‘rashda ko‘rsatadigan sabablar orasida o‘tmishdagi yutuqlar (61%), mehnat bozoridagi takliflarni tahlil qilish (42%) va ularning ish haqini hamkasbining maoshi bilan taqqoslash (21%).
Xodimlarning uchdan bir qismidan bir oz ko‘prog‘i shu yil oxirigacha ish haqini oshirish bo‘yicha rahbariyat bilan suhbatni boshlashni rejalashtirmoqda, taxminan 31% keyingi yil boshiga qadar kutishadi. Respondentlarning qolgan 35%i savolga javob berishga qiynalgan.
Avvalroq “Spot” “HeadHunter” tajribasiz xodimlarga qancha ish haqi taklif qilingani haqidagi ma’lumotlari haqida yozgandi.