Qishloq xo‘jaligi vaziri Voitov Aziz Botirovich lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakatining matbuot xizmati xabar berdi.

Aziz Voitov 2022-yilning avgust oyi oxiridan buyon mazkur lavozimda ishlab kelayotgandi.

2020-yilning mart oyida o‘sha paytda bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bo‘lgan Sardor Umurzakovga birinchi o‘rinbosar bo‘lgan.

“Gazeta.uz"ning hukumatdagi manbasi ham Aziz Voitovning lavozimidan ozod etilganini tasdiqlagan.