O‘zbekistonga tijorat maqsadidagi sayohatlar soni bo‘yicha Turkmaniston fuqarolari yetakchilik qilmoqda, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 42,6 ming nafar xorij fuqarosi tijorat maqsadida kelgan.

Shundan 25,5 ming nafari Turkmanistondan O‘zbekistonga tijorat maqsadida tashrif buyurgan.

Keyingi o‘rinda Tojikiston — 10,4 ming nafar. Shuningdek, tijorat safarlari bo‘yicha beshlikka Afg‘oniston (1,3 ming), Turkiya (800) va Xitoy (700) kirdi.


Avvalroq “Spot” o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p Qirg‘izistonga borganligi haqida yozgandi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 3,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Shundan 1,4 mln nafari Qirg‘izistonga, 821 ming nafari Tojikistonga, 565,2 ming nafari esa Qozog‘istonga borgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan xorijliklar soni 3,7 mlnni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumotlarida keltirilgan.

Xususan, yetti oyda kelgan chet ellik fuqarolarning eng ko‘pi Tojikistonga to‘g‘ri keladi. Bu davrda mamlakatdan jami 1 mln 151 mingdan ortiq sayyoh kelgan.

Bir oyda bu mamlakatdan kelgan sayyohlar soni 192 900dan ortiqni tashkil etib, 1,2 barobarga oshgan.