“Instagram” tasmada faqat tasdiqlangan foydalanuvchilarning xabarlarini ko‘rish imkonini beruvchi funksiyani joriy qilishi mumkin, deya xabar bermoqda “The Verge” nashri.

Tasmaning yuqori qismidagi “Instagram” logotipini bosilganida, o‘zgartirish tugmasi “Kuzatuvlar” va “Sevimlilar” tugmalari yonida paydo bo‘ladi.

instagram

Qayd etilishicha, hozirda mazkur funksiya ayrim foydalanuvchilar orasida test qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosseri testda qancha foydalanuvchi ishtirok etayotgani va qanday qo‘shilish kerakligini aytmadi.

Mosserining so‘zlariga ko‘ra, bu variant biznes va mualliflarga ko‘proq ko‘rinish olishiga yordam beradi.

Nashrning ta’kidlashicha, u “Meta” 2023-yil fevralida sinovdan o‘tkaza boshlagan pullik tasdiqlanganlikni ham ommalashtirishi mumkin. Xizmat veb-saytda to‘langanda oyiga $11,99 va iOS uchun $14,99 turadi.


Avvalroq “Spot” “Instagram” izohlarda so‘rovnoma o‘tkazish imkoniyatini sinab ko‘rayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, ushbu funksiya tez orada Instagramning barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi.