Rossiyada uchinchi avlod (3G) mobil aloqa tarmoqlari 2027-yilda ishlamay qoladi. Bu haqda, Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi telekommunikatsiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish departamenti direktori Dmitriy Turning bayonotiga tayanib, “TACC” nashri xabar bermoqda.
Turning so‘zlariga ko‘ra, radioelektron uskunalardan kelajakda foydalanish bo‘yicha tegishli reja va qaror Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va hukumatga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.
Qayd etilishicha, rasmiy rezolyutsiya yil oxirigacha tasdiqlanib, qabul qilinishini kutilmoqda.
“Uning ochiq qismi bir necha muhim bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 2025-yil — yirik shaharlarda statsionar simsiz internetga ulanishni to‘xtatish, 2027-yil — 3G tarmoqlarini o‘chirish”, dedi Tur.
2023-avgustida e’lon qilingan hujjatda Rossiyada 3G tarmoqlari 2035 yilgacha aloqa sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasiga ko‘ra bosqichma-bosqich o‘chirilishi belgilangandi.
2030-yilga kelib, aksariyat operatorlar 3G tarmoqlarini o‘chirib qo‘yadi — ular bo‘shatilgan radiochastota resursidan zamonaviyroq 4G va 5G uchun foydalanadi.
Vazirlik shuningdek, butun dunyo bo‘ylab uyali aloqa operatorlarining 10 foizga yaqini (2022-yil oxiriga kelib) 3G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatganini ta’kidladi.
Raqamli rivojlanish vazirligi 2025-yilga kelib Rossiyada LTE texnologiyasidan (4G qismi) abonentlarning 81%i, 2G va 3G tarmoqlaridan esa mos ravishda 7 va 4% foydalanishini kutmoqda.