E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


2023-yil oktabr oyi holatiga ko‘ra, 20 ta bank mikrokreditlar bermoqda.

Ular bir yildan besh yilgacha muddatga, 10 mlndan 50 mln so‘mgacha berilishi mumkin.

Ayrim banklar bank mijozlari uchun pasaytirilgan foizda mikroqarzlar beradi.

Aksariyat hollarda pulni bank tomonidan chiqarilgan kartada, onlayn yoki naqd pulda olish mumkin.

Banklar mikrokreditlarni onlayn va oflayn rejimda berishadi. Masofadan berishda kredit bankning mobil ilovasida rasmiylashtiriladi va mijozning virtual yoki jismoniy kartasiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, agar xohlasa, qarz oluvchi bankka tashrif buyurib, naqd pulda yoki bank tomonidan chiqarilgan kartada pul olishi mumkin.

Kredit uchun garov sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • uchinchi tomon kafolati;
  • sugurta polisi;
  • likvid garov — transport vositalari, ko‘chmas mulk, zargarlik buyumlari.

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar — ijobiy kredit tarixi va hozirgi ish joyida kamida olti oy ish tajribasi.

Markaziy bank O‘zbekistonda aholiga ajratiladigan mikroqarz miqdorini oshirish bo‘yicha qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, mikroqarz limitini amaldagi 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mga oshirish belgilangan. Oxirgi marotaba, 2019-yili jismoniy shaxslarga beriladigan mikroqarzlar miqdori oshirilgandi.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan va call-markazlaridan olingan.

Bank nomi
Foiz stavkasi
Muddati
Maksimal miqdori
Berish shakli
Agrobank
27,9%
2 yil
30 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Anorbank
34%-52%
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
online
46%
Asia Alliance Bank
27,99%
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
29%
34%
Garantbank
23%***
3 yil
10 mln so‘mgacha
bank kartasiga
27%
10 mln so‘mgacha
Davrbank
32%-42%
4 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
32%
30 mln so‘mgacha
42%
50 mln so‘mgacha
Hamkorbank
32%-40%
1 yildan 3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
32%-36%
2 yildan 3 yilgacha
48%
2 yilgacha
InfinBank
23,99%-47,99%
5 yilgacha
20 mln so‘mgacha
bank kartasiga
29,9%-48,99%
18 oydan 3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
Ipak yo‘li banki
27,9%
2 yilgacha
33 mln so‘mgacha
bank kartasiga
5 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Ipotekabank
32%
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
33%
35%
37%
27,99%
Madad Invest Bank
33%
1 yildan 2 yilgacha
50 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
33%-36%
Mikrokreditbank
24%
3 oygacha
1,5 mln so‘mgacha
bank kartasiga
26%-29%**
2 yilgacha
30 mln so‘mgacha
27%
1 yil
10 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
26%-28%
1 yildan 3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
Orient Finans Bank
28%
1 yilgacha
20 mln so‘mgacha
bank kartasiga
24%-25%
2 yildan 3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
Poytaxt bank
26%
1 yil
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
28%
2 yil
TBC Bank
28%
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Tenge Bank
31,9%
2 yilgacha
30 mln so‘mgacha
bank kartasiga
35,9%
Trastbank
23,99%
1 yilgacha
50 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
27%
2 yilgacha
27,99%
3 yilgacha
28%
1 yil
20 mln so‘m
bank kartasiga
Turonbank
33%
2 yil
33 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
29%
3 yil
50 mln so‘mgacha
29%****
4 yil
50 mln so‘mgacha
27%*****
4 yil
27,99%*
3 yil
300 mln
27,99%
3,5 yil
50 mln so‘mgacha
Universalbank
32%
3 yil
30 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
O‘zmilliybank
26%**
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
28%
2 yilgacha
Ziraat Bank Uzbekistan
23,75%
1 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
25%
2 yilgacha
26%
3 yilgacha

*O‘z-o‘zini band qilganlar uchun.
**Bank mijozi bo‘lganda.
***Talabalar uchun.
****Rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun.
*****Korporativ mijozlar uchun.