Navoiyda Rossiya kompaniyasi ko‘magida umumiy maydoni 46 ming kvadrat metr bo‘lgan sanoat parki yaratiladi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri “KIP Master” bosh direktori Farid Zokirovga tayanib.
Qayd etilishicha, bu yerda qurilish materiallari, maishiy kimyo va alyuminiy qutilar ishlab chiqariladi.
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida “Master” Navoiy sanoat parki hududida alyuminiyli ichimliklar konservalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shartnoma hudud direksiyasi, “KIP Master” va “Sevara-cosmetik” kompaniyasi tomonidan imzolangan.
“Biz O‘zbekiston bilan birgalikda „Navoiy“ maxsus iqtisodiy zonasi hududida yangi sanoat parki loyihasini amalga oshirmoqdamiz va rezidentlarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlikda ishlayapmiz. Bugun biz yangi yirik investor tomonidan loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzoladik”, — dedi Zokirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda 46 ming kvadrat metr maydonga ega sanoat parkini tashkil etish rejalashtirilgan.
Zakirovning qayd etishicha, hozirda loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Avvalroq “Spot"Rossiya Navoiy va Buxoroda texnoparklar ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
O‘zbekistonliklarni mamlakat kompaniyalarida ishlash uchun tashkiliy ishga olish tartibini qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.