Toshkentda jamoat transportida yangi, qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda, deya xabar berdi “Toshshahartransxizmat” Axborot xizmati.

Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalarti orqali 2000 so‘m, ATTO transport kartalari orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m etib belgilanmoqda.

Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydilar.

jamoat transporti, yo‘l haqi

Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.


May oyi oxiriga qadar jamoat transportida harakatlanuvchi yo‘lovchilar uchun to‘lov tariflari o‘zgartirilishi xabar berilgandi.

Yangi joriy etilayotgan ta’rif rejasiga ko‘ra, yo‘lkiraning bir martalik narxi 2000 so‘m, bank va transport kartalari, mobil ilovalar orqali to‘lov qiluvchi yo‘lovchilar uchun esa 1600 so‘mga o‘zgarishi belgilangandi.