Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning “Air Samarkand” xususiy aviakompaniyasining birinchi samolyoti suratlari paydo bo‘ldi. Bunga “Tashkent Sky News” Telegram kanali e’tibor qaratdi.

Planespotters.net sayti ma’lumotlariga ko‘ra, “Air Samarkand” xususiy aviakompaniyasi parki ikkita samolyotdan iborat: Airbus A321−200 va Airbus A330−300. Gamburgda ishlab chiqarilgan birinchi avialayner deyarli 10 yoshda, ikkinchisi esa Tuluzada yig‘ilganiga 13 yildan oshdi.

Jumladan, e’lon qilingan Airbus A330−300 samolyoti “Air Samarkand” liviyasiga bo‘yalgan va aviakompaniya nomi ham yozilgan.

Airbus A330−300 samolyoti Xitoyning “Minsheng Financial Leasing” kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u 2010-yilda samolyotni Tayvanning “China Airlines” aviatashuvchisiga ijaraga bergan. 2022-yil iyul oyidan buyon samolyot Taypey aeroportida bo‘lib, joriy yilning sentabr oyida samolyot lizing beruvchiga qaytarildi.

Ikkinchi Airbus A321−200 layneri 2014 yildan beri “Avianca El Salvador” tashuvchisi, keyin esa Vyetnamning “Bamboo Airways” aviakompaniyasi tomonidan ijara asosida boshqariladi. O‘tgan yil davomida samolyot AQShning turli aeroportlarida joylashgan.

Bundan tashqari, yaqin kelajakda “Air Samarkand” aviaparkini Airbus A330, A321 va A320 rusumli samolyotlar bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

O‘tagn yili noyabr oyida “Spot” Adliya vazirligining “Intellektual Mulk” ma’lumotlar bazasida “Air Samarkand” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza paydo bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Kompaniya to‘liq tejamkor konfiguratsiyaga ega ikkita o‘rta masofali Airbus A320 samolyotida Rossiya va Osiyoning 14 ta shahriga parvoz qilishni rejalashtirgan. Aviakompaniya Samarqand xalqaro aeroportini baza sifatida tanladi.


Avvalroq “Spot” yil oxirigacha “Humo Air” uchta Airbus A320 samolyotini olishi haqida yozgandi.

Loukoster aviakompaniya Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch va Termizga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.