Avvalroq “Meta” yevropaliklarga “Facebook” va “Instagram"dagi reklamalarni o‘chirib qo‘yishning pullik variantini taklif qilmoqchi ekanligi xabar berilgandi.
“Meta” noyabrdan boshlab Yevropada reklamasiz “Facebook” va “Instagram” obunalarini ishga tushiradi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.
Obuna Yevropa Ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hududi va Shveysariyada faqat 18 yoshdan oshgan foydalanuvchilar uchun amal qiladi.
Uning yordamida kompaniya shaxsiylashtirilgan reklama uchun hisob ma’lumotlaridan foydalanmaydi va uni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatmaydi.
2023-yil 1-noyabrdan boshlab obuna narxi veb-sayt orqali to‘langanda oyiga 9,99 yevroni, iOS va Android’dagi ilova orqali xarid qilinganda esa oyiga 12,99 yevroni tashkil qiladi.
2024-yil 1-martgacha obuna hisob bilan bog‘langan barcha hisoblarni o‘z ichiga oladi. Ushbu sanadan keyin har bir qo‘shimcha hisobni ulash to‘lov usuliga qarab 6 yoki 8 yevro turadi.
Kompaniya Yevropa regulyatorlari xizmatlarga foydalanuvchilarning roziligisiz shaxsiylashtirilgan reklama o‘rnatishni taqiqlashni rejalashtirayotgani sababli ushbu variantni joriy qildi.