Ilon Mask 2024 yilda “X” (sobiq Twitter) to‘liq xususiyatli tanishuv platformasiga aylanishini aytdi, deya xabar bermoqda “Insider” nashri.
26-oktabrda “X” Ilon Mask ijtimoiy tarmog‘ini sotib olganidan bir yil o‘tib kompaniya bo‘ylab yig‘ilish o‘tkazdi.
Kompaniyadagi ikki manbaning “Insider"ga aytishicha, uchrashuv rejalashtirilganidek o‘tgan, biroq g‘alati bayonotlardan xoli bo‘lmagan.
Tadbirkor ijtimoiy tarmoq qanday funksiyalarni amalga oshirish imkonini berishi va foydalanuvchilarda bunday so‘rov bor-yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.
“Insider” ko‘plab tanishuv xizmatlarida bo’lgani kabi, “X"da ham maxsus pullik obunalarni kiritishi mumkinligini taxmin qildi.
“Kelgusi yilda „X“ ham „raqamli bank“ sifatida ish boshlashi kerak. Foydalanuvchilar buni xohlaydimi yoki xohlamasligidan qat’i nazar”, — dedi yig‘ilishda ishtirok etgan nashr suhbatdoshi.
“Pul, qimmatli qog‘ozlar, nima xohlasangiz — barchasi bizning platformamizda bo‘ladi. Va men do‘stimga $20 o‘tkazish haqida gapirmayapman. Bu bank hisob raqamlariga umuman ehtiyoj sezmaslik haqida”, — deb Mask so‘zlarini keltirmoqda “The Verge”.
“X” allaqachon AQShning to‘qqizta shtatida moliyaviy xizmatlar litsenziyasini olgan. Mask qolganlarini yaqin oylarda hal qilishni kutmoqda, deb yozadi “The Verge”.
Ta’kidlanishicha, tadbirkorning ijtimoiy tarmoq nomini “X"ga o‘zgartirgani bejiz emas va bu 1999-yilda u asos solgan moliyaviy kompaniyaning nomi edi.
Avvalroq “Spot” “X” (avvalgi Twitter) pullik obunachilar uchun audio va video qo‘ng‘iroqlarni ishga tushirgani haqida yozgandi.
Mazkur funksiyadan faqat pullik obunachilar, ilovaning so‘nggi versiyasini o‘rnatish orqali foydalanishi mumkin.