Yaponiyaning Osiyo-Tinch okeani universiteti (APU) Osiyo taraqqiyot banki (OTB) stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda bankning a’zolik ro‘yxatiga kiruvchi mamlakatlardan nomzodlar magistratura darajasi uchun ishtirok etishi mumkin. O‘zbekiston bu ro‘yxatda mavjud.
Nomzodlar kamida ikki yillik to‘liq ish stajiga ega, 35 yoshdan oshmagan va magistratura dasturiga hali yozilmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, loyihadan keyin vataniga qaytishi zarur.
Kerakli hujjatlar:
- ADB-JSP ariza shakli (bu yer);
- ilmiy tezis yoki tadqiqot yutuqlari haqida ro‘yxat;
- ikki yillik ish stajini ko‘rsatuvchi ish joyi to‘g‘risidagi guvohnoma (lar);
- daromad solig‘i deklaratsiyasi yoki vasiyning oylik yoki yillik daromadini tasdiqlovchi hujjat;
- Oilaviy daromadni tasdiqlovchi hujjat.
Qabul qilingan talabalar to‘liq o‘qish va kirish to‘lovlaridan ozod etiladi. O‘quv materiallari va tadqiqot uchun mablag‘ ajratilib, tibbiy sug‘urta va borish-qaytish aviachipta xarajatlari qoplab beriladi.
Bundan tashqari, yashash xarajatlari uchun oyiga 144 ming yen ($953) miqdoridagi stipendiya beriladi. Bu miqdor o‘zgarishi mumkin. Grant muddati — 2 yil.
Arizalarni 2024-yilning 17-yanvarigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq mazkur universitet MEXT hukumat stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi. Buning uchun arizalarni 15-noyabrgacha jo‘natish mumkin.