E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Overdraft — bank tomonidan qarz oluvchiga o‘rnatilgan limit va muddat doirasida beriladigan kredit.
Bu turdagi kreditlar 1 yilgacha (“O‘zmilliybank"da 2 yilgacha) muddatga 22%dan 28%gacha taqdim etiladi.
Overdraft hisobvaraqqa ish haqi yoki boshqa to‘lovlar kelib tushgandan keyin avtomatik tarzda yechib olinadi. Shu sababli, qarz oluvchi qarzni to‘lash haqida tashvishlanishga hojat yo‘q. Bu overdraftning odatiy kreditlarga nisbatan afzalliklaridan biridir.
Nima uchun overdraft boshqa kreditlarga qaraganda foydaliroq bo‘lishi mumkinligi haqida bu yerda o‘qish mumkin.
Bank nomi | Stavka | Muddati | Miqdori |
Asia Alliance Bank | 22% | 1 yilgacha | O‘rtacha oylik ish haqining (pensiya) 3 barobarigacha |
Ziraat Bank Uzbekistan | 22% | 1 yilgacha | |
Ipoteka bank | 24% | 1 yilgacha | |
Mikrokreditbank* | 24% | 1 yilgacha | |
O‘zmilliybank** | 22% — 24% | 1 yildan 2 yilgacha | o‘rtacha oylik maoshi 3 barobarigacha, 50 mln so‘m |
Orient Finans Bank | 24% | 1 yil | o‘rtacha oylik maoshi 3 barobarining 80%, biroq 20 mln so‘mdan oshmagan miqdorda |
Saderat Bank | 25−28% | 1 yil | 16 mln so‘mgacha |
Trastbank | 24% | 1 yil | O‘rtacha oylik ish haqining 3 barobarigacha |
*Budjet tashkilotlari xodimlari uchun — 22%.
**Agar kredit 1 yil muddatga berilsa, yillik foiz stavkasi 22%.
Kredit kartasi
Kredit karta krediti bir yildan to‘rt yilgacha 28%dan 36%gacha beriladi. Mijoz ish joyida kamida 6 oy doimiy ish tajribasiga va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi kerak.
Bank nomi | Stavka | Miqdori | Muddati |
Agrobank | 27,99% | 50 mln so‘mgacha | 4 yil |
Anorbank | 0% | 30 mln so‘mgacha | 2 yilgacha |
Asia Alliance Bank | 27,99% — 36% | 50 mln so‘mgacha | 3 yilgacha |
InfinBank* | 23,99% dan 47,99% gacha | 50 mln so‘mgacha | 2 yil |
*Ilovada kredit karta uchun onlayn arizani qabul qiladi. Kartani olish uchun bank filialiga borish kerak.