BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Innovatsiyalarni joriy etish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bilan “TechGenius” xakatoniga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
“TechGenius” — bu energetika, qishloq xo‘jaligi va fan sohalarida ilg‘or innovatsion yechimlarni yaratish bo‘yicha tanlov.
Unda dasturchilar va texnik ishqibozlar, UX/UI dizaynerlari, startap asoschilari, fan, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida ixtisoslashgan mutaxassislar qatnashishi mumkin.
Xakaton davomida ishtirokchilar 2−5 kishidan iborat jamoalarda ishlashadi va o‘z loyihalari bo‘yicha ekspert maslahatlarini olishadi. Mentorlar sifatida AQSh, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan mutaxassislar qatnashadi.
Tanlov joriy yilning 10−12 noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida o‘tkaziladi.
Unda ishtirok etish uchun 7-noyabrgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq Farg‘onada o‘tkaziladigan “Hack4DigitalVillages” xakatoniga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
Tanlovda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 22-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.