1-noyabrdan yo‘lovchi tashish temir yo‘l chipta narxlariga yangi tarif belgilandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 44%ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari esa 60%dan yuqoriroqqa oshirildi.

“Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalariga belgilangan yangi narxlar quyidagicha:

Toshkent-Buxoro-Toshkent:

  • VIP — 530 ming so‘m;
  • Biznes — 385 ming so‘m;
  • Ekonom — 280 ming so‘m.

Toshkent-Qarshi-Toshkent:

  • VIP — 455 ming so‘m;
  • Biznes — 325 ming so‘m;
  • Ekonom — 235 ming so‘m.

Toshkent-Samarqand-Toshkent:

  • VIP — 330 ming so‘m;
  • Biznes — 230 ming so‘m;
  • Ekonom — 170 ming so‘m.

Joriy yilning 20-oktabridan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari 50%ga, “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari esa 100%ga oshirilishi belgilangandi.

Biroq, bu jamoatchilik etirozlariga sabab bo‘lib, turli muhokamalarni keltirib chiqardi. Bu bo‘yicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” munosabat bildirib, amaldagi narxlar xizmat ko‘rsatish sinfiga mos kelmasligini ta’kidlagandi.