“Air Samarkand” xususiy aviatashuvchisi birinchi Airbus A330−300 samolyotini oldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Spot"ga xabar berdi.
2-noyabr kuni samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Samolyot 277 yo‘lovchini sig‘dira oladi va parvoz masofasi 11 km dan oshadi.
Xitoyning “Minsheng Financial Leasing” kompaniyasiga tegishli samolyot 2010-yili Tuluzada ishlab chiqarilgan. 2022-yilning iyuligacha samolyotdan Tayvanning “China Airlines” aviakompaniyasi foydalangan. Shundang so‘ng, “Air Samarkand” aviakompaniyasi o‘rta masofali Airbus A321−200 samolyotini xarid qiladi.
Joriy yil oxiriga qadar aviakompaniya parki beshta samolyotga yetadi.
Kuz-qish mavsumida aviakompaniya Samarqanddan Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlariga muntazam va charter reyslarini yo‘lga qo‘yadi.
O‘tagn yilning noyabrida “Intellektual Mulk” ma’lumotlar bazasida “Air Samarkand” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza paydo bo‘lgandi.
Kompaniya to‘liq tejamkor konfiguratsiyaga ega ikkita o‘rta masofali Airbus A320 samolyotida Rossiya va Osiyoning 14 ta shahriga parvoz qilishni rejalashtirgan. Aviakompaniya Samarqand xalqaro aeroportini baza sifatida tanladi.
Avvalroq “Spot” “Humo Air” loukoster aviakompaniyasi O‘zbekistonning 6ta shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergandi.