Qozog‘istonning “Magnum” riteyleri O‘zbekistondagi tarmog‘ini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Forbes.kz” nashri.
Bu haqda kompaniyaning logistika bo‘yicha direktori Mixail Filippov 1-noyabr kuni Olmaotada o‘tkazilgan “Tradex” savdo forumida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, tarmoq o‘z raqobatchilaridan birini sotib olgach, qo‘shni davlat bozorida kengayishda davom etadi.
“[2023-yilda] ikkitaga beshta do‘kon qo‘shildi, keyingi [2024] yilda yana 10ta do‘kon ochiladi”, — dedi Filippov.
O‘zbekistonda birinchi “Magnum” gipermarketi 2021-yilning dekabr oyida ochilgan. Keyin kompaniya ikkinchisini ishga tushirdi va 2022-yilning kuzida yana ikkitasini ochish rejalarini e’lon qildi. Reja amalga oshirilsa, tarmoq 15ta nuqtaga ega bo‘ladi hamda o‘tgan yil oxiridagiga nisbatan 7,5 barobar ko‘payadi.
Avgust oyida “Magnum” Toshkentdagi uchta “Carrefour” brendi gipermarketini boshqargan “Majid Al Futtaim LLC Uzbekistan” kompaniyasi aksiyalarini sotib olishga rozi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Raqobat qo‘mitasi 210,6 mlrd so‘mlik shartnomani sentabr oyida ma’qullagan.
Shartnomaga ko‘ra, barcha “Carrefour” do‘konlari “Magnum” brendi ostida qayta ochildi. Xodimlar Qozog‘iston shirkatining sho‘ba korxonasiga ham ishga borishdi.