UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 avtomobillari uchun shartnoma tuzish ochilganini e’lon qildi.

Kompaniya rasmiy saytida mazkur modeldagi avtomobillar uchun shartnoma tuzish imkoni mavjud.

Xaridorlar quyidagi avtomobillar uchun 3-noyabrdan boshlab shartnoma tuzishi mumkin:

  • Damas va Labo;
  • Cobalt;
  • Onix;
  • Tracker;
  • Captiva-5;
  • Malibu;
  • Equinox;
  • Traverse;
  • Tahoe.

Shartnoma tuzilgan avtomobillar quyidagi muddatda yetkazib beriladi:

damas, shartnoma, uzauto motors

Ta’kidlanishicha,"UzAuto Motors" oyiga 40 ming donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishgan.

“Bu o‘z navbatida, kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya shartnoma olishda dilerlik markazlarida yuzaga keladigan navbatlar va noqulayliklarning oldini olish uchun onlayn-servis xizmatlardan foydalanishni va faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishni tavsiya qildi.


Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” “Lacetti”, “Cobalt” va “Damas” avtomobillari uchun kontraktatsiyani yil oxirigacha ochishi haqida yozgandi.