2023-yilning 21 va 22 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) o‘rta bo‘g‘indagi amaliyotchi menejerlar, bo‘lim boshliqlari va HR-mutaxassislari uchun yetakchilik va jamoani boshqarish bo‘yicha ikki kunlik Aspiring Leaders nomli amaliy kursi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu amaliy kurs Vestminster universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Kursning asosiy ekspertlari Vestminster universiteti professori, Shveytsariya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Shri-Lanka va Karib havzasi mamlakatlartida muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega, biznes bo‘yicha xalqaro maslahatchi — doktor Syuzan Laing, shuningdek, TXVUning yetakchi professorlaridir.
Kurs davomida xalqaro ekspertlar yetakchilik, jamoalarni samarali rivojlantirish va boshqarish, tashkiliy madaniyat, muloqot uslublarini rivojlantirish sohasidagi dolzarb muammolar va tendensiyalar bilan tanishib chiqadilar, shuningdek, amaliy vazifalarni bajarish orqali kompaniyalardagi innovatsiyalar va o‘zgarishlar masalalarida ham to’xtalib o’tishadi.
Kursning asosiy afzalliklari:
- Vestminster universiteti va TXVU xalqaro sertifikati;
- biznes-konsalting sohasida ko’p yillik tajribaga ega xalqaro ekspert amaliyotchilar chiqishlari;
- zamonaviy yetakchilik va jamoa motivatsiyasining ilg’or tamoyillari;
- biznes jarayonlarini takomillashtirish uchun zarur bo’lgan xalqaro tajriba;
- mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlari va muvaffaqiyatli martaba ko’tarilishi uchun muhim bo’lgan boshqa bilim va ko’nikmalar;
- darslarni rus tiliga professional sinxron tarjimasi.
- Londonga uchish imkoniyati (imkoniyat faqat London-Toshkent-London parvozlari aviachiptalarini o’z ichiga oladi).
Ishtirokchilarning ko’nikmalarini takomillashtirishdan tashqari, ish beruvchilar va kompaniyalar ham foyda olishlari mumkin, chunki ularning xodimlarining ushbu kursdagi ishtiroki tashkilotni strategik rejalashtirishga hissa qo’shishga yordam beradi, jamoadagi munosabatlarni yaxshilashga, shuningdek biznes samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ishtirokchilar soni cheklangan.
Kursga 2023-yil 15 noyabrgacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Batafsil maʼlumotni (+998) 71−238−74−77 telefon raqami orqali yoki E-mail orqali olish mumkin.
-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Vestminster universiteti — Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy universitetlardan biri bo’lib Londonning markazida joylashgan. 1838 yilda Qirollik Politexnika instituti sifatida tashkil etilgan. Universitetda 132 davlatdan 22 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Shu bilan birga, Westminster Business School Londondagi professional biznes ta’limining yetakchi markazlaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamli innovatsion va amaliy dasturlar, jumladan BBM (MBA), kasbiy ta’lim va rahbar kadrlarni rivojlantirish kurslarini taklif etadi.
Reklama huquqlari asosida.