“Toshkent” xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun kutish maydoni ochildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.

Umumiy maydoni 500 kv.m bo‘lgan alohida pavilyon xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan.

Ushbu pavilyonda kutib oluvchilar uchun o‘rindiqlar mavjud bo‘lib, yaqin kunlarda kafe va gul do‘koni ochiladi hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari o‘rnatiladi.

Pavilon vaqtinchalik yechim vazifasini o’taydi, deya ta’kidladi aeroport operatori.

Ayni paytda mavjud terminalni kengaytirish loyihasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda bo‘lib, u yerda kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Yanvar oyidagi anomal sovuq paytida aeroportlarga ularni kutib olganlarni binolarga kiritishga ruxsat berildi.

“Biroq Toshkent xalqaro aeroporti terminali hozirgi yo‘lovchilar oqimiga to‘g‘ri keladigan odamlar soniga mo‘ljallanmagan”, — deya taʼkidladi “Uzbekistan Airports”.

“Uzbekistan Airports” fevral oyida Toshkent aeroportida yo‘lovchilarni kutib olish uchun bir nechta zonalar tashkil etilishi haqida xabar bergandi.

24-fevraldan Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlangani haqida ma’lum qilindi.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airports” Toshkent aeroportidagi bir nechta maydonni auksionga chiqargani haqida yozgandi.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari va gul do‘koni, savdo avtomatlari, bankomatlar va mobil qurilmalarni quvvatlash punktlari uchun jami beshta maydon mavjud.