6-noyabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Yashnobod tumani — “Tovkantepa” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 17:00gacha;
- Bektemir tumani — “Gulbog‘” MFYning ayrim hududlarida soat 14:00dan 17:00gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — “X.Abdullayeva” va “Sarbon” MFYlarning ayrim hududlarida soat 10:00dan 16:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Avvalroq 2024-yilda subsidiyalar uchun qariyb 30 trln so‘m ajratilib, shundan 40%ga yaqini elektr energiyasi va gaz oldi-sotdisidagi tafovutni qoplashga sarflanishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Joriy yilning 28-sentabrdagi energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilingandi. 2026-yilga borib, elektr energiyasi talab va taklif asosida shakllanadigan erkin, ulgurji bozor ishga tushadi.