Saudiya Arabistoni 2023-yil dekabr oyi oxirigacha neft qazib olish hajmini kuniga 1 mln barrelga qo‘shimcha ixtiyoriy ravishda qisqartirishni davom ettiradi. Bu haqda “Saudi Press” agentligi qirollik energetika vazirligidagi rasmiy manbaga tayanib xabar bermoqda.

Bungacha ixtiyoriy pasayish dastlab iyul uchun hisoblab chiqilgan, keyin esa avgust va sentabrgacha uzaytirilgan. Keyin Saudiya Arabistoni ishlab chiqarishni qisqartirishni yil oxirigacha uzaytirishini, ammo qarorni har oy ko‘rib chiqishni aytdi.

Dekabr oyida, xabarda ta’kidlanganidek, qirollik ham qisqartirishni uzaytirish yoki uni chuqurlashtirish yoki ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaror qiladi.

Saudiya Arabistonining dekabr oyida neft qazib olish hajmi sutkasiga 9 mln barrelni tashkil etadi.

Xabarda aytilishicha, ishlab chiqarishni 500 ming barrelga kamaytirish to‘g‘risidagi aprel oyida qabul qilingan qarorga qo‘shimcha ravishda 1 mln barrelga ixtiyoriy qisqartirish amalga oshiriladi.

Shunday qilib, qirollikning ishlab chiqarishni qisqartirish umumiy hajmi 1,5 mlnni tashkil qiladi.

4-iyun kuni Venada bo‘lib o‘tgan OPEK+ yig‘ilishidan so‘ng Saudiya Arabistoni iyul oyi uchun neft qazib olish hajmini ixtiyoriy ravishda sutkalik 1 mln barrelga qisqartirishini, bu chorani uzaytirish imkoniyatini e’lon qildi.

Saudiya Arabistoni matbuot agentligi qirollik energetika vazirligidagi manbaga tayanib xabar berishicha, qo‘shimcha qisqartirish neft bozorida barqarorlik va muvozanatni saqlashga qaratilgan profilaktik choradir.

Bundan tashqari, may oyida bir qancha OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda sutkalik umumiy hajmi 1,66 mln barrelga, Saudiya Arabistoni esa sutkalik 500 ming barrelga qisqartirishni boshladi.

Dastlab bu chora 2023-yil oxirigacha amal qilishi kerak edi. Biroq OPEK+ yig‘ilishida qisqartirishni qo‘llab-quvvatlagan barcha davlatlar uni 2024-yil oxirigacha uzaytirdi.


Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistoni Osiyo va Yevropa uchun neft narxini oshirgani haqida yozgandi.

Shimoli-g‘arbiy Yevropadagi iste’molchilar uchun narxlar bir barrel uchun $1ga, O‘rta yer dengizi uchun nisbatan $0,3ga qimmatladi.