Joriy yilning 8−9 noyabr kunlari Toshkent shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 16-sammiti o‘tkaziladi. Unda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu sabab, 8-noyabrdan 10-noyabrgacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda, quyidagi ko‘chalar keltirilgan:
- Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan “Bobur” ko‘chasi bo‘ylab “Bobur” — “Shota Rustaveli” chorrahasigacha;
- “Nukus” — “Bobur” chorrahasidan “Nukus” ko‘chasi bo‘ylab “Movarounnahr” ko‘chasigacha;
- “Oybek” — “Turkiston” chorrahasidan “Oybek”, “Afrosiyob” va “Olmazor” ko‘chalari;
- “Islom Karimov” — “Bunyodkor” chorrahasidan “Islom Karimov” ko‘chasi bo‘ylab “Amir Temur” — “Islom Karimov” chorrahasigacha;
- “Sharof Rashidov” — “Afrosiyob” chorrahasidan “Sharof Rashidov” ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
- “Navoiy” — “Mustaqillik” chorrahasidan “Navoiy” — “Labzak” chorrahasigacha;
- “Furqat” — “Beshyog‘och” chorrahasidan “Beshyog‘och” ko‘chasi bo‘ylab “Islom Karimov” — “Beshyog‘och” chorrahasigacha;
- “Olmazor” — “Islom Karimov” chorrahasidan “Olmazor” ko‘chasi bo‘ylab “Navoiy” ko‘chasigacha.
Harakatlanish cheklangan ko‘chalarda Tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
Shuningdek, 8−9 noyabr Toshkent shahriga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanadi. Shu bilan birga, mazkur kunlarda poytaxtdagi yuk avtomobillarining shahar markazida harakatlanishi to‘liq to‘xtatiladi.
Vaqtinchalik cheklovlar sabab vodiydan vohaga hamda vohadan vodiyga harakatlanish 4P-12 avtomagistral yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Avvalroq maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida tezlik nazorat qilinishi haqida xabar berilgandi.